O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
G‘ozg‘onda xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorlikka o‘qitilyapti
2021-06-22 | Jamiyat
Yurtimizning barcha hududlarida asosiy e’tibor kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi, xususan, yoshlar, xotin-qizlarning boshlang‘ich bilim ko‘nikmalarini shakllantirish va ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
bugungi kunda G‘ozg‘on shahrida 4 ta mahalla bo‘lib, 8 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ularning 321 nafari mavjud uchta daftarga kiritilgan. 2021-yil 15-fevraldan boshlab Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Navoiy viloyat hududiy filialida ham xotin-qizlar va yoshlar uchun 28 ta yo‘nalish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil qilinmoqda. O‘quv kurslarida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi, ish qidirayotgan yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar va tadbirkor ayollar faol qatnashdi.
– O‘tkazilayotgan ushbu o‘quv kurslari mutlaqo bepul amalga oshirilmoqda, – deydi filial rahbari Norpo‘lat Obitov. – Kurslarda o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish arafasida yurgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlarga biznes rejani ishlab chiqish, davlat reyestridan o‘tkazish, bankda o‘z hisob varaqlarini ochish, subsidiya, kredit olish shartlari va tartibi hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, tinglovchilar G‘ozg‘on shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga tashrif buyurib, jarayonlar nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borildi.
O‘quv kursi yakunida ishtirok etgan 53 nafar tinglovchi tanlagan faoliyat yo‘nalishlariga qarab biznes-reja tuzdi va test topshirdi. Biznes-rejani muvaffaqiyatli himoya qilgan va testlardan o‘tgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Manba: O'zA