O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Federatsiyasi vazirlik va idoralari rahbariyati bilan uchrashuv

2021-06-22 | Siyosat

Joriy yilning 18-iyun kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari Ilhom Norqulov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy taraqqiyot vazirining birinchi o'rinbosari Andrey Ivanov, shuningdek vazir o'rinbosarlari Dmitriy Volvach va Polina Kryuchkova bilan uchrashdi.

Vazir o'rinbosari Polina Kryuchkova bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda makroiqtisodiy tahlil va prognoz qilish sohasida tajriba almashishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Vazir o'rinbosari Dmitriy Volvach O'zbekistondan tashrif buyurgan delegatsiyaga xorijiy mamlakatlar bilan mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha Rossiya tajribasi, xususan, “Rossiya – Yevropa Ittifoqi” transchegaraviy hamkorlik dasturlari to'g'risida ma’lumot berdi. 

Vazirning birinchi o'rinbosari Andrey Ivanov bilan o'tkazilgan uchrashuvda mehnat unumdorligini oshirish sohasida investitsiya loyihalarini iqtisodiyotni rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir darajasini baholash nuqtai nazaridan o'rganish va tahliliy qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqildi.

Muzokaralar natijasida yuqoridagi takliflarni inobatga olgan holda, vazirliklar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni kengaytirish uchun ikki tomonlama hujjat tayyorlash to'g'risida kelishuvga erishildi. 

Shuningdek, “Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining Moliyaviy ilmiy tadqiqotlar instituti” direktori Vladimir Nazarov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari “Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining Moliyaviy ilmiy tadqiqotlar instituti” va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirishning potentsial yo'nalishlarini, xususan, makroiqtisodiy prognozlash va modellashtirish, davlat investitsiya dasturlari metodologiyasini ishlab chiqishda ko'maklashish, hamda kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash siyosati masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida kelgusida qo'shma hamkorlikni davom ettirish to'g'risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться