O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Arxeologik obyektlar yerlaridan ekin maydoni sifatida foydalanish holatlari aniqlandi — Abduhakimov

2021-06-22 | Madaniyat

Madaniy meros agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Madaniy meros agentligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari, Ilmiy-ekspert kengashining aʼzolari bilan uchrashdi.

Unda Aziz Abduhakimovning qayd etishicha, Toshkent shahrining Navoiy, Shota Rustaveli koʻchasidagi binolarni saqlash, ularning tarixiy qimmatini aniqlab roʻyxatini shakllantirish kerak.
 
Shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari arxeologik obyektlar joylashgan yerlardan boshqa maqsadlarda ham foydalanilayotganini aytib oʻtdi.
 
«Afsuski, Qoraqalpogʻiston respublikasi va Xorazm viloyatiga arxeologik obyektlarning ahvoli oʻrganish uchun borilganda ulardan foydalanish jarayonida qonunbuzarlikka yoʻl qoʻyilganlik holatiga duch kelindi. Ayrim arxeologik obyektlar joylashgan yerlardan ekin maydoni sifatida foydalanish holatlari aniqlandi.
 
Madaniy meros agentligi mana shunday qonunbuzarlik holatini aniqlagani zahoti Respublika prokuraturasi organlariga murojaat etishi hamda zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.
 
Poytaxtning XX asrning 60-70 yillarda oʻziga xos qiyofasi yaratilishida xizmat qilgan mayolikalar roʻyxatini tuzish, ularni asossiz ravishda didsizlik bilan boʻyashning oldini olish maqsadida jurnalist va blogerlar, jamoatchilik bilan uzviy aloqa bogʻlanishi zarur», dedi u. 

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться