O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda O‘zbekiston hukumati hamkorligida kimyo sanoatini modernizatsiya qilish va o‘g‘itlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bitim imzolandi

2021-06-21 | Iqtisodiyot

O‘zbekistondagi kimyo sanoati va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish ulkan salohiyatga ega, ammo ularni mamlakat ehtiyojlarini qondiradigan va eksport salohiyatini ishga soladigan zamonaviy sohaga aylantirish uchun islohotlar va xususiy sektor sarmoyalari zarur.

Jahon banki guruhining a'zosi bo'lgan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va O‘zbekiston hukumati o'rtasida yangi hamkorlik shartnomasi ushbu sohaga sarmoyalarni jalb qilish va barqaror amaliyotni qabul qilishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

«O‘zbekiston hukumati kimyo va o‘g‘it ishlab chiqarish sohalarini transformatsiya qilishga qaratilgan islohotlarni boshladi. Islohotlarning maqsadi kimyoviy mahsulotlarni va o‘g‘itlarni ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchi eskirgan tizimini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni rag‘batlantirish va raqobatbardosh sanoatni yaratish. Bu o‘z navbatida yangi yuqori malakali ish o‘rinlari bilan ta'minlashga va O‘zbekiston sanoatining uglerod izini kamaytirishga xizmat qiladi», - dedi O‘zbekiston Moliya vaziri Timur Ishmetov.

O‘zbekistonning afzalligi shundaki, u o‘zining xom ashyosidan foydalanib, turli xil o‘g‘itlar, sanoat va iste'mol tovarlarini ishlab chiqara oladigan davlatdir. Ammo, davlat nazoratida bo‘lgan sohalar, asosan, sarmoyalar yetishmasligidan aziyat chekmoqda, samarasiz bo‘lib qolmoqda va ortiqcha resurslarni iste'mol qilmoqda. Mazkur loyiha esa zarur bozor islohotlari orqali sohadagi samarasizliklarni bartaraf etish, davlat ishtirokini kamaytirish va xususiy investorlar uchun teng sharoit yaratishga qaratilgan.

«O‘zining boy tabiiy resurslarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston davlati kimyoviy mahsulotlar va o‘g‘itlarning asosiy eksportchisiga aylanishi mumkin. Progressiv islohotlar, zamonaviy ko‘nikmalar va texnologiyalarga sarmoya kiritish orqali, kimyo sanoati mamlakat iqtisodiy rivojlanishida katalizator rolini o‘ynashi mumkin», - dedi Jorjina Beyker, XMKning Yevropa, Markaziy Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib dengizi bo‘yicha vitse-prezidenti. «Ushbu hamkorlik orqali biz O‘zbekiston hukumatini ushbu sohani modernizatsiya qilishda, xalqaro kompaniyalar investitsiyalarini jalb qilishda va mamlakatda barqaror kimyo sanoatini yaratish uchun zarur bo‘lgan eng yangi yechimlar va ilg‘or tajribalarni tatbiq etishda qo‘llab-quvvatlamoqchimiz».

Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistonda misli ko‘rilmagan iqtisodiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. 2021-yil 1-may holatiga ko‘ra XMKning O‘zbekistondagi investitsiya portfeli 160 million AQSh dollarini tashkil etdi. XMKning maslahat dasturlari O‘zbekiston hukumatiga davlat banklarini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish, moliya bozorini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, paxtachilik sektorini transformatsiya qilish, kimyo sanoatini rivojlantirish va energetika va sog‘liqni saqlash sohalarida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) aloqalarini sinovdan o‘tkazishda yordam berishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun: Jahon banki guruhining bir bo‘lagi bo‘lgan XMK rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorga e'tiborni qaratgan eng yirik global rivojlanish agentligi. XMK rivojlanayotgan mamlakatlarda bozorlar va imkoniyatlar yaratish uchun o‘z kapitali, tajribasi va ta'siridan foydalangan holda 100 dan ortiq mamlakatda ishlaydi. Xususiy sektorni samarali jihatlarini inobatga olgan holda, kambag‘allikni qisqartirish va umumiy farovonlikni rivojlantirish maqsadida, 2020-yilda XMK rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy kompaniyalariga va moliya institutlariga 22 milliard AQSh dollarida sarmoya kiritdi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться