O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident maktabining ilk qaldirg‘ochlari

2021-06-19 | Ta’lim

Namangan shahri Davlatobod tumanida joylashgan Prezident maktabi bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Sh. Abdurazzoqov, shahar va tuman hokimlari, bir qator tashkilot, muassasalar rahbarlari, maktab rahbariyati va o‘quvchilari, ularning ota-onalari  ishtirok etdi.

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Zero, Prezident maktabi bitiruvchilarining yutuq va muvaffaqiyatlari zalvorli bo‘ldi. Ilk qaldirg‘ochlar jahon va O‘zbekistonning nufuzli oliygohlari va ularning filiallariga o‘qishga qabul qilindi. Quvonarlisi, ularning aksariyati grant asosida tahsil oladi.

Yoshlarimizga omad va zafarlar yor bo‘lsin! Sizlardan umidimiz katta! Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan fidoyilar qatorida bo‘lishingizni tilaymiz!

Prezident maktabini 24 nafar o‘quvchi tamomladi. Ularning 21 nafari IELTS  hamda 6 nafari SAT imtihonlarini topshirib yuqori natijalarga erishdi. Shuningdek, 3 nafar o‘quvchi iyun oyida IELTS til bilish darajasini aniqlash testlarini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘quvchilarning 13 nafari mamlakatimizdagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘z hisobidan ta’lim olishni davom ettiradi. Shuningdek, 10 nafar o‘quvchi “El-yurt umidi” umid jamg‘armasi davlat grantiga hujjat topshirgan, natijalar e’lon qilinishi kutilmoqda. 1 nafar o‘quvchi 100 foizlik grant yutgan va tahsilni xorijda davom ettiradi.

Hotam MAMADALIEV (surat)

Manba: O'zA

Поделиться