O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Farg‘ona shahrida yangi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
2021-06-18 | Texnologiyalar
Joriy yilning 17-iyun kuni Farg‘ona shahrida viloyatdagi o‘n birinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi.
Markazning ochilish marosimida viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Qosimov, Farg‘ona shahar hokimi M.Ubaydullayev hamda soha korxonalari rahbarlari va faxriylari ishtirok etishdi.
Markaz yoshlarning robototexnika, dasturlash, raqamli texnologiyalar sohasida bilim egallashlari hamda malaka oshirishlari uchun zarur texnologik vositalar bilan jihozlangan. Shuningdek, markazda ushbu hududlardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy bo‘linmalari xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlab, malaka oshirishlari mumkin.