O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya Buxoroda

2021-06-18 | Siyosat

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga yetib keldi.

Martabali mehmonlarni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda viloyat hokimi Botir Zaripov kutib oldi.

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya Buxoro shahridagi Ark qo‘rg‘oni, Ismoil Somoniy va Chashmai Ayub maqbaralarini ziyorat qildi.

Mehmonlar Ark qo‘rg‘oni oldidan Poyi Kalon majmuasigacha bo‘lgan masofani velosipedda aylandi. Delegatsiya a’zolari Mir Arab madrasasi Poyi Kalon majmuasida bo‘ldi. Shu yerning o‘zida Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi tatar-boshqird millatiga mansub yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashdi.

Buxoro shahridagi gilamchilik va temirchilik markazi mehmonlarga katta taassurot qoldirdi.

Rustam Minnixanov temirchi usta Shokir Kamolov ustaxonasidagi "Faxriy mehmonlar kitobi"ga dastxat yozib qoldirdi.

Mehmonlar Labi-Hovuz bo‘ylab sayohatlarini davom ettirdi. Eski shaharda joylashgan Xo‘ja Bulg‘or qabristoni va masjidida bo‘lishdi. U yerda qur’on tilovat qilindi.

Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat)

Manba: O'zA

Поделиться