O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

2021-06-17 | Iqtisodiyot

Bosh vazir o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Boshqaruvchi direktori va Ijrochi vitse-prezidenti Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv onlayn formatda tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: XMK – Jahon banki tarkibiga kiruvchi va rivojlanayotgan mamlakatlarga xususiy sarmoyalarni barqaror jalb qilish bo'yicha ishlaydigan xalqaro moliya instituti.

Uchrashuvda shuningdek, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va «O'zkimyosanoat» AJ vakillari ishtirok etishdi. XMK delegatsiyasi tarkibiga Lotin Amerikasi va Karib dengizi, Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha vitse-prezident Jorjina Beyker, vitse-prezident va xazinachi Jon Gandolfo, Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha direktor Vibke Shlyomer va boshqa vakillar ham kirdi.

Tomonlar Xalqaro moliya korporatsiyasining O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga bo’lgan kelgusi yordamlarini muhokama qildilar. Xususan, ustuvor yo'nalishlardan biri bo’lgan - davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish va qo'llab-quvvatlash muhim ekanligi ta'kidlandi.

Bugungi kunda transformatsiya qilinayotgan bank sektoriga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, XMKning korporatsiya ko'magida kimyo sanoatini isloh qilish, yashil iqtisodiyot, dekarbonizatsiya va O'zbekiston energetika sohasini yanada modernizatsiya qilish bo'yicha dasturlari ko'rib chiqildi

Maxtar Diop Xalqaro moliya korporatsiyasi mamlakatimiz bilan hamkorlik qilib borayotgan barcha sohalarda barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida o'zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyorliklarini bildirdilar bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться