O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bir-birini o‘zaro to‘g‘ri tushunish, do‘stlik va ochiqlik O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yana-da ravnaq topishiga asos bo‘lmoqda
2021-06-17 | Iqtisodiyot
Bugun Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) tomonidan tashkil etilgan «Bir-birini o‘zaro to‘g‘ri tushunish, do‘stlik va ochiqlik O‘zbekiston ‑ Tojikiston hamkorligini yana-da ravnaq topishining asosi» deb nomlangan onlayn-konferensiya o‘z ishini boshladi.
Tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10-11-iyun kunlari Tojikistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi va uning doirasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar natijalariga bag‘ishlangan. Anjumanda vazirliklar, idoralar, shuningdek, O‘zbekiston va Tojikistonning ekspert-tahlil va ilmiy-akademik hamjamiyati vakillari ishtirok etmoqda.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi