O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Savdo-sanoat palatasining navbatdagi qurultoyi bo‘lib o‘tdi

2021-06-17 | Siyosat

Parlament yuqori palatasi manbasiga ko‘ra, qurultoyda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining Spikeri Nuriddinjon Ismoilov, O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi Ravshan G‘ulomov, senatorlar va deputatlar qatnashdilar.

Tadbirni Oliy Majlis Senatining raisi Tanzila Norboyeva kirish so‘zi bilan ochar ekan, respublikamizda tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli chora-tadbirlar, sohada yaratilgan shart-sharoitlar hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarga to‘xtaldi.

Ana shunday saʼy-harakatlar natijasi o‘laroq, so‘nggi to‘rt yilda eksportga jalb etilgan korxonalarning soni qariyb 2 barobar ko‘payib, 7 mingtaga yetdi. Ular tomonidan 1 ming 300 turdan ortiq mahsulot eksporti o‘zlashtirildi.

Shuningdek, qurultoy davomida Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov, adliya vaziri Ruslanbek Davletov o‘z yo‘nalishlari doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Tadbir chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2017-2021-yillardagi faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitildi va navbatdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xususan, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish sohasida — tizimga malakali kadrlar jalb qilinib, tadbirkorlar manfaati bo‘yicha sudlarga 400 mingga yaqin daʼvo arizalar kiritildi.

Shuningdek, tadbirkorlar ishtirokida xalqaro darajada yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha palata huzurida “Toshkent xalqaro arbitraj markazi” tashkil etilib, xalqaro darajadagi arbitrlar jalb etilgani holda tijorat nizolari ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yildi.

Palata tomonidan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida ham qator ishlar amalga oshirilgani holda vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan 3,3 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash yuzasidan vakolatli organ sifatida jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazildi.

Ushbu loyihalarning qariyb 58 foizida tadbirkorlik faoliyatida qiyinchilik tug‘diradigan va korrupsiyaga sharoit yaratuvchi meʼyorlar aniqlanib, palataning eʼtiroz va takliflari asosida hujjatlar qayta ishlandi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xam tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotini jahon iqtisodiy jarayonlariga integratsiyalashuvini taʼminlash bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi tomonidan xorijiy turdosh palatalar va hamkor tashkilotlar bilan 89 ta hamkorlik bitimlari tuzilgan.

Palata ko‘magida 600 dan ortiq xorijiy  kapital ishtirokidagi korxonalar tashkil etilib, jalb etilgan investitsiyalarning qiymati 847 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Qurultoyda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Prezidiumini saylash, palata Taftish komissiyasining hisobotini tinglash, palata Nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalalari ovozga qo‘yilib, delegatlar tomonidan tasdiqlandi. Ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться