O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqoti yuqori mansabdor shaxslarining navbatdagi yig‘ilishi to‘g‘risida
2021-06-16 | Siyosat
2021-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov onlayn shaklda “Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqoti yuqori mansabdor shaxslarining 14-yig‘ilishida ishtirok etdi.
Tadbirda, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari hamda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining mintaqa bo‘yicha maxsus vakili Shuichi Tokuda qatnashdi.
Muloqot Tashqi ishlar vazirlarining Yaponida bo‘lib o‘tadigan keyingi uchrashuviga tayyorgarlik bilan bog‘liq tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.
“Markaziy Osiyi+Yaponiya” muloqoti salohiyatini oshirish uchun innovatsion yechimlar qabul qilish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va Muloqot bo‘yicha sheriklarning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida iqtisodiy, investitsion va ilmiy-texnikaviy yo‘nalishdagi yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning muhimligi qayd etildi.
Yig‘ilishda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatdagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi