O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi

2021-06-16 | Saylov

16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi Zayniddin Nizamxodjaev boshqargan majlisning kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar smetasini tasdiqlash, Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid masalalar joy oldi.
 
“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga binoan joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasiga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdori 300 milliard so‘m etib belgilangan.
 
Harajatlar smetasini shakllantirish va Moliya vazirligi bilan kelishishda Saylov kodeksi hamda xalqaro saylov standartlari talablaridan, shuningdek, avvalgi saylovlar tajribasini tahliliy o‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida mablag‘ talab etiladigan barcha jihatlar hisobga olindi.
 
Jumladan,  14 ta okrug saylov komissiyasining har biriga 56 million 991 ming so‘mdan, shuningdek,  qariyb 10 800 ta uchastka saylov komissiyasining har biriga  11 million 813 ming so‘mdan mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.
 
Majlisda okrug va uchastka saylov komissiyalari uchun ajratilayotgan ushbu mablag‘larning 80 foizdan ko‘prog‘i mazkur komissiyalar a'zolarining ish haqi, kompensasiya hamda yagona ijtimoiy to‘lovlar uchun sarflanishi qayd etildi. Pandemiya sharoitida saylov komissiyalari a'zolari va saylovchilarning salomatligi bilan bog‘liq xavfsizligini ta'minlash uchun shaxsiy himoya vositalari va dezinfeksiyalovchi materiallar xaridiga doir mablag‘lar ham nazarda tutilgan.
 
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan va ijrosi izchil ta'minlanayotgan Saylov komissiyalari a'zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi bo‘yicha trenerlar va monitoring guruhi a'zolarining okrug va uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga jalb etiladigan nomzodlarning bilimi va ko‘nikmasini oshirish maqsadida “kaskad” usulida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari uchun 18,4 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘ning 92 foizi trenerlar va monitoring guruhi a'zolarining ish haqini tashkil etadi.
 
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq markazlashgan tartibda xarid qilinadigan saylov jihozlari, zarur moddiy-texnik vositalar, tovarlar va xizmatlar uchun ham mablag‘ ajratiladi.           
 
Yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasining bir qator qarorlari saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiqlashtirildi.
 
Jumladan, saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ilgari ma'muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, bundan buyon jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu qoida Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorida ham mustahkamlandi.
 
Endi saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilishi joyi va vaqti haqida tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkaziladi. Bunda, ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
 
Avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda okrug saylov komissiyalari 9-11 nafargacha a'zodan iborat tarkibda tuzilar edi. Bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida mamlakatimiz bo‘yicha o‘n to‘rtta okrug saylov komissiyasi faoliyat yuritishi,   ayrim okruglarda saylov uchastkalari soni mingtagacha yetishi, saylov uchastkalarining ba'zilarida esa uch ming nafargacha saylovchi ro‘yxatga olinishiga e'tibor qilinsa, okrug saylov komissiyalari tarkibini kengaytirish zarurligi ayon bo‘ladi.
 
Shu munosabat bilan Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tarkibini 11-21 nafargacha belgilash yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining tegishli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
 
Majlisda Markaziy saylov komissiyasining vakolatlariga taalluqli boshqa ayrim masalalar ham ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: Markaziy saylov komissiyasi

Поделиться