O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov raisligidagi videoselektorda Prezident qarorlarining ijrosi muhokama qilindi

2021-06-16 | Sport

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov raisiligida Prezidentimizning jismoniy tarbiya va sport, sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishlarida qabul qilgan qaror va farmonlari ijrosi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, bir qator vazirlik va idoralar mutasaddilari, viloyat hokimlarining qurilish, turizm va sport yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tib, o‘z ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan bir qator mutasaddilarga keskin eʼtirozlar bildirildi.

Selektorda dastavval Respublikamiz bo‘ylab qurilishi rejalashtirilgan veloyo‘laklar va piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘llarning holati, sifati ko‘tarildi. Faol ish olib borayotgan viloyatlar tilga olinib, ularning rejalari qo‘llab-quvvatlandi. O‘z navbatida, bu bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan viloyatlar ogohlantirilib, o‘zgarish bo‘lmagan taqdirda ularning balansidagi mablag‘ boshqa hududlarga o‘tkazib berilishi taʼkidlandi. 

“Muhtaram Prezidentimiz sog‘lom turmush targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha katta ish olib bormoqdalar. Aholi salomatligini oshirishda, ayniqsa, piyoda va velosipedlar uchun ajratilgan yo‘laklarni qurish alohida ahamiyat kasb etadi. Biroq barchada ham bunga jiddiy eʼtibor bermayapti. Bu faqat turizm yoki sport yo‘nalishi uchun emas, xalqimiz salomatligi uchun olib borilayotgan loyihadir. Prezidentimizning g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan qarorni bajarmaslikka hech kimning haqqi yo‘q”, – dedi Aziz Abduhakimov.  

Yig‘ilish davomida sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha soxta maʼlumot kiritilishi, viloyatlardagi davlat idoralari va muassasalarda sport targ‘ibotchisi yo‘lga qo‘yilmaganligi borasida ham keskin tanqidiy fikrlar bildirildi. Shu va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator mutasaddilarga hayfsan berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilab berildi. Shuningdek, Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarning ijtimoiy ahvolidan xabar olib turish, ularni har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться