Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish hisobidan xalqimizning farovonligini oshirish va kundalik hayotidagi muammolarni hal etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yurtimizda qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlarning yetakchiligi, faolligi, ijodiy qobiliyati va tashabbuskorligini rivojlantirish, kasbiy mahoratining ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yoshlarning ongiga vatanparvarlik, bag‘rikenglik, vatanga sodiqlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida “Yilning eng faol yosh bojxonachisi” respublika ko‘rik-tanlovini 1-bosqichi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mutaxassislari va boshqarmaning tegishli bo‘lim xodimlari ishtirokida tashkil etilgan mazkur tadbirda barcha nomzodlar faol ishtirok etib, o‘zlarining kasb mahoratlarini hamda bilim ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Yakunda esa “Xovos” TIF bojxona posti inspektori B.Alimov g‘olib deb topilib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi