O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro loyiha o‘z ishini boshlamoqda

2021-06-14 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning elchixonalari bilan hamkorlikda aholi muammolarini aniqlash va bartaraf etish, ijtimoiy zaif qatlam vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini ta'minlash borasidagi qator ijtimoiy loyihalarni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan navbatdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha loyihaning boshlanish marosimi ham ana shu tashabbuslarning mantig‘iy davomidir.
 
Loyiha dastlab Toshkent shahrining Olmazor tumani va Toshkent viloyatining Angren shahrida sinovdan o‘tkaziladi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining odamlar ehtiyojlariga mos ravishda ishlab chiqilishini ta'minlaydi. Sinov loyihasining natijalari ijtimoiy himoya sohasini isloh qilish dasturining asosi bo‘lib, himoyani kompleks ta'minlash uchun institusional bazani ishlab chiqish uchun qo‘llaniladi.
 
Tadbirda ishtirok etgan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Joffri Idjumba bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: “Kuchli ijtimoiy himoya tizimi, kamsitishga qarshi, inson huquqlariga asoslangan va inklyuziv yondashuv asosida ishlaydigan yuqori malakali ijtimoiy xodimlar bilan birgalikda, O‘zbekistondagi eng zaif odamlar, guruhlar va oilalar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi.”
 
Shuningdek, tadbirda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova ishtirok etdi hamda loyiha doirasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
 
— Loyihaning muhim jihatlaridan biri, aholi muammolari yechimiga mas'ul vazirlik va idoralarni jalb qilish, har bir muammoni o‘z egasiga yo‘naltirishdir. Ishni bu tarzda olib borish mahallalarda fuqarolar muammolari tezkorlik bilan manzilli bartaraf etilishiga, aholini ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga olib keladi. Shu sababli biz xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor ekanligimizni bildiramiz.
 
Ma'lumot o‘rnida aytish lozimki, mazkur loyiha O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha BMTning Qo‘shma dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться