O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi harbiy texnikalar topshirildi

2021-06-14 | Xavfsizlik sohasi

Xorazm viloyati Urganch shahrida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismlarga zamonaviy texnikalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qurolli Kuchlarimizni eng yangi qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan ta’minlash, mamlakatimiz Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar izchil davom etmoqda.  

Tadbirda viloyat hokimi, shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, harbiylar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.  

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Farxod Ermanov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Farxod Shermatov so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan qo‘shinlarning mudofaa qudrati, jangovar shayligi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiladigan, har qanday noqulay ob-havo sharoitida ham yo‘l tanlamas “Kamaz 4326” rusumli 12 dona harbiy texnika kalitlari yurt himoyachilariga tantanali ravishda topshirildi. 

– Saf tortib turgan harbiy texnikalar topshirilishi davlatimiz rahbarining mudofaa salohiyatiga qaratayotgan yuksak e’tiboridan dalolat, – deydi harbiy texnika haydovchisi, serjant Arslon Rahmonov. 

– Biz ushbu texnikalarni mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligini, yurt osoyishtaligini va xalqimiz tinchligini ta’minlashda foydalanamiz.  

E’tiborli jihati, ushbu harbiy texnikalar mamlakatimizdagi mahalliy zavodda ishlab chiqarilgan bo‘lib, yonilg‘i sarfi bo‘yicha tejamkorligi, manyovr imkoniyatlari kengligi va boshqa texnik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.

Manba: O'zA

Поделиться