O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Kogon tumanidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi

2021-06-14 | Siyosat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Buxoro viloyati Kogon tumanida “O‘ba cho‘li” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, hududdagi 2-son o‘rta umumta'lim maktabida tashkil etilgan 261-son saylov uchastkasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, mahalla aholisining turmush tarzi, mavjud sharoitlar, mahalliy rahbarlarning islohotlarni amalga oshirish borasida olib borayotgan ishlari natijalari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrifning navbatdagi manzili sifatida tumandagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 13-son o‘rta umumta'lim maktabida tashkil etilgan 272-son saylov uchastkasida mahalla xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasi o‘rganildi.
 
Vazir R.Mamatov tashrif davomida mazkur mahallada istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan fuqaro Zulfiya Mamatnazarova bilan uchrashib, unga muzlatgich, televizor va mayda to‘lqinli pech sovg‘a qildi. Ishchi guruhning tumandagi “Sorg‘un” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borgan o‘rganishlari davomida ham hududdagi bir nechta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Xususan, ushbu mahallada yashovchi fuqaro Salima Zaripovaga ham vazir tomonidan muzlatgich, televizor va mayda to‘lqinli pech taqdim etildi. Shuningdek, hududdagi 7-maktab o‘quvchisi Shokirjon Rasulovning murojaati asosida unga vazir sovg‘asi — yangi velosiped tuhfa qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться