O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi “Oltin daftar”iga kiritilgan vatandoshlarimizning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

2021-06-14 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi tomonidan “Oltin daftar”ga kiritilgan Janubiy Koreyada faoliyat olib borayotgan tadbirkor yurtdoshlarimizning mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish va qo‘llab-quvvatlash choralariga bag‘ishlangan navbatdagi muloqot olib borildi

Elchixona tomonidan videoaloqa shaklida tashkil etilgan mazkur muloqotda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahar xokimliklarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boshqarmalari mutasaddi rahbar va xodimlari hamda tadbirkor vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

Yurtimizda so‘nggi yillarda tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinayotgani hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari jadal olib borilayotgani Koreya Respublikasidagi vatandoshlarimizga ham elchixona mutasaddi vakillari tomonidan bevosita yetkazib kelinmoqda. Natijada Janubiy Koreyadagi 114 nafar vatandoshimiz mamlakatimizda umumiy qiymati 16 million dollarga yaqin bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish niyatida ekanini bildirgan. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida umumiy sarmoya qiymati 550 ming dollar bo‘lgan 7 ta, Toshkent shahrida 1,7 million dollardan ziyod bo‘lgan 8 ta loyiha takliflari shakllantirilib, elchixonaning “Oltin daftar”iga kiritilgan.

Ushbu loyihalarni joylarda amalga oshirilishini taʼminlash va tegishli amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida vazirlik va hududiy hokimliklar bilan vatandoshlar o‘rtasida hamkorlikni elchixona tomonidan tizimli ravishda olib borilayotgani tadbir ishtirokchilariga maʼlum qilindi. Shuningdek, tadbirkor vatandoshlarimiz tomonidan taklif qilinayotgan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi hudud iqtisodiyotining, jumladan sanoat, xizmat ko‘rsatish, chorvachilik, bog‘dorchilik, savdo, sog‘liqni saqlash, taʼlim va boshqa sohalarning keng ravnaq topib borishiga hamda yangi ish o‘rinlarini yaratilishi evaziga aholining turmush darajasini oshishiga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Shu maqsadda, ishtirokchilar tomonidan barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda birgalikda hamkorlikni va tegishli amaliy choralarni olib borish muhimligi ilgari surildi.

Uchrashuv kun tartibiga binoan Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahrida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan vatandoshlarimizning biznes rejalari tomonlar o‘rtasida atroflicha o‘rganib chiqildi hamda yurtdoshlarimizni qiziqtirgan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha tegishli maʼlumotlar taqdim etildi.

Muhokamalar davomida “Oltin daftar”ga kiritilgan vatandoshlarimizning yurtimizdagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ular tomonidan taklif etilgan biznes-rejalarni joylarda amalga oshirilishini taʼminlash borasida tomonlar o‘rtasida amaliy chora-tadbirlar hamda tegishli mutasaddilar belgilab olindi.

Muloqot so‘ngida mazkur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali ijrosini amalga oshirish maqsadida elchixona, mahalliy hokimiyatlar, vazirliklar va tadbirkor yurtdoshlarimiz o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarni muntazam ravishda olib borishga kelishib olindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться