O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yoshlar daftari”dagi chortoqlik ayollarga tikuv mashinalari topshirildi

2021-06-14 | Yoshlar

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish eng dolzarb masalalardan biridir. Ushbu muhim masala Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda 2021-yil 3-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida ham alohida muhim vazifa sifatida belgilangan.

Xususan, bu borada Namangan viloyatining Chortoq tumanida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Kuni kecha tuman hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi va tuman sektorlari mutasaddilari ishtirokida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 58 nafar ayol-qizga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.  

Tikuv mashinalari orqali yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yoshlarga yana qanday yordam zarur bo‘lsa, hokimlik va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yetarlicha imkoniyat yaratilishi, shartnoma asosida buyurtmalar topib berilishi ta’kidlandi.  

Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i mas’ul to‘rtinchi sektor hududidagi “Beshkapa” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Oq tikan” massivida istiqomat qiluvchi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Gulmira Tursunova ham unga berilgan imkoniyatdan mamnun.

– So‘nggi paytda yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibordan xursandman, – dedi Gulmira Tursunova. – Yaqinda “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan edim. Oradan hech qancha fursat o‘tmasdan menga zamonaviy tikuv mashinasi taqdim etildi. Bu men uchun bir imkoniyat. G‘ayratimga g‘ayrat qo‘shilib, bundan keyin shijoat bilan mehnat qilishga va’da beraman.   Darhaqiqat, hududda yoshlarga zamonaviy tikuv mashinalari berilgani yoshlar bandligini ta’minlash, ularni yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish yo‘lida olib borilayotgan amaliy ishlarning bir ko‘rinishi bo‘ldi.

Manba: O'zA

Поделиться