O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryoda olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar taqdirlandi

2021-06-14 | Sport

Sirdayolik 3 nafar sportchi – pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha Server Ibragimov, akademik eshkak eshish sport turidan Shoxboz Xolmirzayev va yengil atletikaning balandlikka sakrash turidan Safina Sa’dullayeva 2021-yilda Tokioda o‘tadigan yozgi olimpiada o‘yinlariga letsenziyani qo‘lga kiritgan edi.

Joriy yilning 11-12-iyun kunlari “Guliston” markaziy stadionida o‘tgan “Bag‘rikeng O‘zbekiston – umumiy uyimiz” millatlararo do‘stlik festivalining yakuniy qismida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev uch sportchiga 100 million so‘mlik sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.

Server Ibragimov (imkoniyati cheklangan) va Shoxboz Xolmirzayev mukofotni shaxsan viloyat hokimining qo‘lidan olgan bo‘lsa, Safina Sa’dullayeva xorijda o‘tayotgan xalqaro musobaqada bo‘lganligi sabab, uning o‘rniga sertifikatni turmush o‘rtog‘i qabul qilib oldi.

Ayni paytda, yana 4 nafar sirdaryolik sportchi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Ularning Tokio olimpiadasiga beriladigan yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishi yo‘lida barcha sharoitlar yaratilib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Shuningdek, festivalda faol ishtirok etgan jami 15 nafar milliy madaniyat markazlar rahbarlariga ham faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Manba: O'zA

Поделиться