O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

2021-06-14 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruh hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish ishlarini tashkil etish maqsadida Andijon viloyatiga yo‘l oldi.

Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun viloyatda investitsiyaviy faoliyatni jadallashtirish, sanoatni rivojlantirish, eksport hajmini oshirish, importni optimallashtirish va kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, mahallalarning kompleks rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tadbirkorligini rag‘batlantirish va yoshlar bandligini oshirish kabi alohida yo‘nalishlarda 8 ta kichik ishchi guruhlar tashkil etildi.
 
Viloyatning shahar, tuman va mahallalari kesimida ishlab chiqarish va eksportning yuqori ko‘rsatkichlari hamda yaratiladigan ish o‘rinlari soni bilan ajralib turadigan eng istiqbolli loyihalarga manzilli investitsiyalarni kiritishni nazarda tutgan holda “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash va ishga solish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Sanoatni rivojlantirish hamda ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
 
Mahallalar darajasida manzilli ish olib borishda ustuvor vazifalar, jumladan, ijtimoiy va kommunal infratuzilmani rivojlantirish hisobiga tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy aholi, xususan, yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, aholi hayoti sifatini yaxshilash vazifalari belgilandi. Mavjud muammolarni aniqlash va hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida viloyatning barcha 882 mahallasiga vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari biriktirilgan edi. Yig‘ilish davomida mutasaddi rahbarlar biriktirilgan hudadlarda infratuzilma, ijtimoiy ob'ektlar va aholi bandligini ta'minlashning bugungi holati tahlili natijalari, shuningdek, aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot berdilar.
 
Shuningdek, Andijon viloyatining 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan hududiy investitsiya dasturining ijrosi o‘rganildi. Uning doirasida viloyatda umumiy qiymati 19,2 trln so‘mlik 553 loyiha amalga oshirilib, qariyb 58,6 ming yangi ish o‘rni yaratiladi. Barcha sa'y-harakatlarni viloyatning tuman va shaharlarida tizim shakllantiruvchi sanoat ishlab chiqarish ob'ektlarni yaratishga qaratilgan yirik investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha mavjud masalalar ustida ishlab, hal etish topshirildi.
 
Videokonferensiya yakunida mutasaddi rahbarlar belgilangan vazifalar doirasida aniq ko‘rsatmalar oldilar. Yaqin kunlar ichida guruh hududda o‘z ishini davom ettiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться