O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Olma-otada davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qozog‘iston muzokaralarining navbatdagi bosqichi yakunlandi
2021-06-11 | Siyosat
Bugun Olma-ota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining 84-yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi
7-11-iyun kunlari tomonlar davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim loyihalarini muhokama qilishni davom ettirdi.
Navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, 83-yig‘ilish 24-28-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi