O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tatariston Respublikasi bilan aloqalar mustahkamlanmoqda

2021-06-11 | Siyosat

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sharof Rahmonov va boshqa qator mutasaddilardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasining Tatariston Respublikasiga tashrifining navbatdagi kuni yakuniga yetdi.

Kun davomida Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Savdo va sanoat vaziri Al'bert Anvarovich Karimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
O‘zining kirish so‘zida Al'bert Karimov O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy, sanoat va ishlab chiqarish imkoniyatlari barqaror rivojlanayotganini ta'kidlab, O‘zbekiston va Tatariston katta savdo-iqtisodiy, investitsion, innovatsion, ilmiy-texnik imkoniyatlarga egaligini qayd etib o‘tdi.
 
Shuningdek, Al'bert Karimov 2021-yil 16 va 17-iyun kunlariga rejalashtirilayotgan Tatariston Respublikasining Prezidenti R.Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma'lum qildi hamda kelgusida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga tayyorligini ta'kidladi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться