O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qirg‘izistonda “Namangan-Jalolobod” biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda

2021-06-10 | Siyosat

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya kecha amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatiga bordi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatidan xabar qilinishicha, bugun mamlakatimiz delegatsiyasini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. So‘ngra Namangan viloyati vakillari Jalolobod viloyati gubernatori Abdusattar Sirgaboyev tomonidan qabul qilindi.

Muloqot chog‘ida ikki hudud o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik va o‘zaro do‘stlik aloqalarini yana-da rivojlantirishning istiqbollari bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. 

Savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan rasmiy uchrashuv chog‘ida eksport-import masalalarida hamkorlik o‘rnatish, xususan, Namanganga qishloq xo‘jaligi, chorva va go‘sht mahsulotlari, qurilish materiallari va ko‘mir yetkazib berish, Jalolobod viloyatiga esa tikuvchilik va oziq-ovqat sanoatini olib kirish bo‘yicha istiqbolli rejalarni amalga oshirish xususida fikr almashildi.

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida istiqomat qiladigan 1 million 238 ming aholining 26 foizini o‘zbek diasporasi tashkil etadi. Jalolobodda o‘zbek tiliga ixtisoslashgan 21 ta maktab faoliyat yuritmoqda, ularda mahalliy hukumat tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratilgan. «Yangi tong» nomi bilan faoliyat olib borayotgan gazeata tahririyati ayni vaqtda 3 ming adadda chop etilmoqda.

Namangan delegatsiyasi aʼzolari Jalolobod viloyatida yashab kelayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.

Delegatsiya vakillari Jalolobod gubernatori hamrohligida “Dvoynyashki” nomli qandolatchilik mahsulotlari fabrikasi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur korxonada yuz nafardan ortiq xotin-qiz doimiy ish bilan taʼminlagan. Ushbu korxona mahsulotlariga ichki bozorda talab juda yuqori.

Namangan viloyati vakillari “Kelechek” mineral suvlari ishlab chiqarish, O‘rta Osiyo toshni qayta ishlash, “Mira” savdo belgisi ostida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini konserva qilishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishganlari barobarida mazkur korxonalar mutasaddilari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashdi.

Bundan tashqari, amaliy safar doirasida “Namangan-Jalolobod” biznes forumi tashkil etildi. Unda har ikki viloyat rahbarlari, chegaradosh tumanlar hokimlari hamda ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etmoqda.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться