O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatar TIV rahbari bilan uchrashuv
2021-06-09 | Siyosat
2021-yilning 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy bilan uchrashdi.
Bu Qatar Tashqi siyosat idorasi rahbarining O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifi. Muzokaralar chog‘ida siyosat, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalaridagi O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, tomonlarning xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligi muhokama qilindi.
Turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan rasmiy uchrashuvlarning jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Tomonlar Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini ilgari surish, uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini qayta tiklash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi