O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zsanoatqurilishbank va YeTTB o‘rtasida 45 million dollarlik bitimlar imzolandi

2021-06-09 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 9-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida YeTTBning “Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmi” (“Green Economy Financing Facility”) va “Tavakkalchiliklarni taqsimlash mexanizmi” (“Risk Sharing Facility”) dasturlarida O‘zsanoatqurilishbank ishtiroki bo‘yicha bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir YeTTB prezidenti birinchi o‘rinbosari Yurgen Rigterink rahbarligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida tashkil etildi.

“Green Economy Financing Facility” (GEFF) bo‘yicha bitimga ko‘ra, YeTTB xususiy qarz oluvchilarni qayta moliyalashtirish uchun hamkor banklarga kredit mablag‘larni taqdim etmoqda. Ushbu mablag‘lar YeTTBning yashil iqtisodiyotga o‘tish, issiqxona gazlari chiqishini qisqartirish va energiya samaradorligini oshirishga oid global strategiyasiga muvofiq iqlimga ta’sirni kamaytiruvchi loyihalarga yo‘naltiriladi. 

Xususan, O‘zsanoatqurilishbank mijozlari tomonidan “yashil banking” mezonlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar uchun YeTTB tomonidan 25 mln. AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, bank oldida qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida GEFF dasturi doirasida yashil iqtisodiyot yo‘nalishidagi sifatli loyihalarni muvaffaqqiyatli moliyalashtirish va eng maqbul yechimlarni ta’minlashda O‘zsanoatqurilishbank xodimlariga texnik ko‘mak ko‘rsatish uchun mahalliy va chet ellik ekspertlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi “2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning 2019-2030-yillar davrida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi tasdiqlangan. Hujjatga muvofiq, innovatsion “yashil” loyiha va investitsiyalar, xususan, “yashil” iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishda xususiy sektorning faollashuvini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston bank tizimi vakillarini “yashil” investitsiyalarni jalb etish borasida rag‘batlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.

Qayd etish lozimki, moliyaviy ko‘makning Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda YeTTB ishtirokidagi loyihalarni hayotga tadbiq etish jarayonida o‘ziga xos yangi impulsga ega bo‘lgan ushbu ko‘rinishi O‘zsanoatqurilishbank tizimida ancha yil avval Jahon banki hamkorligida joriy etilgan edi. bugungi kunga qadar Bank tomonidan umumiy qiymati 91 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 20 ta “yashil” loyiha moliyalashtirildi.

GEFF dasturi doirasida jalb etilgan yangi kredit liniyasi O‘zsanoatqurilishbank tomonidan kichik va o‘rta biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan tarkib topgan “yashil banking” ishtirokchilariga taqdim etilayotgan xizmatlar doirasini kengaytiradi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlarning moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatini yanada oshiradi. 

Risk Sharing Facility (RSF) dasturining maqsadi mamlakatda o‘rta va kichik tadbirkorlikning moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatini yaxshilashdan iborat. Dastur doirasida YeTTB O‘zsanoatqurilishbankning har bir taqdim etgan mijozlar loyihalari bilan bog‘liq bo‘lgan riskni paritet prinsipi (birgalikda moliyalashtirish yoki kafolat berish orqali) asosida 7 yil muddatgacha o‘z zimmasiga olishga tayyor. Bunda YeTTBning dasturdagi maksimal ishtirok miqdori 20 million AQSH dollarini tashkil etadi. Kreditlash shartlari O‘zsanoatqurilishbank tomonidan YeTTB bilan kelishilgan holda aniqlanadi. Kreditlarni boshqarish hamda monitoringini olib borish O‘zsanoatqurilishbank tahlilchilarining sa’y-harakatlari orqali amalga oshiriladi. Kreditlash “Tavakkalchiliklarni taqsimlash mexanizmi” dasturi ko‘magida AQSH dollari va yevroda taqdim etiladi va shuningdek milliy valyutada kredit berishning potensial imkoniyatlarini nazarda tutadi.

Bankning RSF dasturidagi ishtiroki loyihaviy moliyalashtirish jarayonida risklarni taqsimlash hisobiga iqtisodiy kapitaldan samarali foydalanish va yuksak investitsion reytingga ega bo‘lgan xalqaro moliyaviy muassasa tomonidan YeTTBning kredit garovlarini qabul qilish, O‘zsanoatqurilishbank mutaxassislarining kredit takliflarini shakllantirish, moliyaviy analiz (tahlil) va modellash, shuningdek, loyihalarni monitoring qilishda risklarni baholash bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish imkonini beradi.

Tadbir doirasida tomonlar O‘zbekistondagi yashil loyihalarning amalga oshirilish holatini ko‘rib chiqish bilan birga, respublikada yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish jarayonlarini yanada rivojlanishtirish omillari hamda GEFF va RSF dasturlarining istiqbollarini muhokama qilishdi.

Manba: O'zA

Поделиться