O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston ta’limga strategik sarmoyalar kiritish orqali iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishi mumkin
2021-06-09 | Ta’lim
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Jahon banki hamkorligida ta’lim sohasidagi o‘nlab mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida xalqaro forum tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari Yevropa va Osiyo davlatlarining ta’limga sarmoya kiritish orqali iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish bo‘yicha tajribasini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, O‘zbekiston raqobatbardoshligini oshirishi mumkin bo‘lgan yoshlarning bilimi hamda zamonaviy kasb-hunar va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mamlakatdagi islohotlar tanqidiy tahlil qilindi.
Tadbir Jahon banki tomonidan O‘zbekistondagi inson kapitali rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishga ta’lim sohasining ta’sirini baholash, shuningdek, hukumatga ushbu sohadagi keyingi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilgan tahliliy tadqiqotlar doirasida tashkil etildi.
Forumning oflayn va onlayn formatida ta’lim va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari uchun mas’ul vazirliklar va idoralar, mamlakatning yetakchi oliygohlari vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi. Ular ta’lim tizimini isloh qilish va uni jahon standartlariga muvofiqlashtirish mamlakat iqtisodiyotiga, uning o‘sishi va kelgusi rivojlanishiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini muhokama qildilar.
Tadbir davomida o‘z davlatlarida ta’lim islohotlarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynagan Janubiy Koreya, Polsha va Niderlandiyaning sobiq ta’lim vazirlari nutq so‘zladi. Ular inson kapitalini rivojlantirish va o‘z aholisining bilimi darajasini kuchaytirish orqali iqtisodiy o‘zgarishlarga asos yaratgan jahon darajasidagi ta’lim tizimlarining evolyutsiyasi haqida gapirib berishdi.
– Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, daromad darajasi past bo‘lgan iqtisodiyotdan muvaffaqiyatli ravishda yuqori daromadli mamlakatlarga aylangan davlatlar o‘zlarining ta’lim tizimlarini rivojlantirishga katta mablag‘ sarflaganlar. Shunday qilib, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining oshishi 1-2 foiz iqtisodiy o‘sish sur’atlariga olib kelishi mumkin. O‘zbekiston hukumati tomonidan ta’lim sohasidagi strategik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni jadallashtirish mamlakatning dunyo sahnasida raqobatbardosh iqtisodiyotga aylanishiga zamin yaratadi, – dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.
Forum ishtirokchilari, shuningdek, maktab o‘quvchilarining ta’limida jiddiy yo‘qotishlariga olib kelgan “COVID-19» ta’sirini tahlil qildilar. Agar hukumatlar aholining jabr ko‘rgan qatlamlari o‘rtasida ta’lim yo‘qotishlarini qoplash bo‘yicha shoshilinch harakatlar qilmasa, pandemiyaning ta’limga ta’siri o‘nlab yillar davomida iqtisodiyotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
– O‘zbekiston hukumati ta’lim sohasini va yoshlarning zamonaviy kasbiy-texnik mahoratini rivojlantirishga investitsiya qilishning katta ahamiyatini tushunadi. 2016-yildan boshlab hukumatning sa’y-harakatlari o‘quvchilarga mehnat bozori talablariga javob beradigan bilim va ko‘nikmalarni beradigan ta’lim sohasini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan. Ushbu yondashuv innovatsion va jadal rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga xosdir. O‘zbekiston ta’lim sohasida o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Xususan, Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasida 2030-yilgacha mamlakat PISA reytingida O‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur – dunyoning yetakchi 30 mamlakatlari qatoriga kirishi ko‘zda tutilgan, – deya ta’kidladi O‘zbekiston xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov.

Manba: O'zA