O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Namangan viloyati delegatsiyasi Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatiga tashrifini boshladi
2021-06-09 | Siyosat
Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyatiga tashrifini boshladi.
Namangan delegatsiyasi a’zolari «Madaniyat» nazorat o‘tish maskani orqali Jalolobod viloyati gubernatori o‘rinbosari Mamasoli Akmatov boshchiligidagi faollar tomonidan kutib olindi.
Har ikki viloyat o‘rtasidagi madaniy-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida qo‘shni Respublikaga yo‘l olgan delegatsiya tarkibida viloyat hokimligi mas’ul mutasaddilari, boshqarma va tashkilotlar, sektor rahbarlari, madaniyat va san’at sohasi namoyandalari, tadbirkor va ishbilarmonlar bor.
Tashrif davomida, har ikki qo‘shni viloyatlar o‘rtasida barcha jabhalarda do‘stona qo‘shnichilik tamoyiliga asoslangan o‘zaro teng hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv va muloqotlar o‘tkazilishi belgilangan.
Manba: O'zA