O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«O‘zbekiston — Polsha» parlamentlararo do‘stlik guruhi yig‘ilishida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi

2021-06-09 | Iqtisodiyot

Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi va Polsha Milliy Assambleyasi Seymi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo do‘stlik guruhining onlayn shakldagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Parlament quyi palatasi maʼlum qilishicha, tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, «O‘zbekiston — Polsha» parlamentlararo do‘stlik guruhlari aʼzolari va OAV vakillari ishtirok etdi.

 Yig‘ilishda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani taʼkidlandi. Mazkur jarayonda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Polsha Milliy Assambleyasining Seymi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo do‘stlik guruhi faol ishtirok etmoqda. Shu asosda parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirishga katta eʼtibor berilmoqda. Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish bo‘yicha ham amaliy aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Muloqot chog‘ida Polsha parlamenti aʼzolari Seym faoliyati xususida batafsil maʼlumot berishdi.

- O‘zbekistonlik hamkasblar bilan ochiqlik, do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tgan uchrashuvlar o‘zaro tajriba almashishga xizmat qiladi, - dedi «Polsha - O‘zbekiston» parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Pavel Beyda. - Muloqotda parlamentlararo aloqalarni yana-da kengaytirishga oid hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Zero, O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ulkan salohiyatga ega.

Onlayn tadbirda ikki tomonlama aloqalarda erishilgan muayyan natijalar eʼtirof etilar ekan, hali bu borada ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p ekanligi ham qayd etib o‘tildi. Xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, manfaatli savdo-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish shular jumlasidandir.

Binobarin, o‘zaro samarali munosabatlarni yangi bosqichga olib chiquvchi xalqaro shartnomalarning o‘z vaqtida ratifikatsiya qilinishi hamda ularning ijrosini parlament nazorat qilishi bu borada katta ahamiyat kasb etadi.

Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro keng ko‘lamli parlamentlararo hamkorlikni izchil va yangi yo‘nalishlarda davom ettirish, ikki mamlakat tashabbuslarini xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Onlayn muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashda parlamentlarning rolini kuchaytirishga kelishib olindi

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться