O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir o‘rinbosari Jarqo‘rg‘on mahallalarida

2021-06-08 | Jamiyat

Bugun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiev Jarqo‘rg‘on tumanining “Markaziy surxon”, “Avlod” va “Qo‘shtepa” mahallalarida, mahallaning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

“Markaziy surxon” mahalla fuqarolar yig‘iniga yangi bino qurish uchun davlat xususiy sherikchiligi asosida “Agro quruvchi MChJ” rahbari tadbirkor P.Xaitov bilan muloqot qilib, mahalla binosi va mahalla guzari qurilishi ishlari, binoning joylashishi va jihozlanishi bo‘yicha o‘zining tanqidiy fikrlarini bildirdi. Mahalla aholisining ichimlik suvi va elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Aholi xonadonlariga kirib, hovlilarning tozaligi va xonadon madaniyatini joriy etish bo‘yicha kerakli topshiriqlar berdi.
 
Tumandagi “Avlod” mahallasi binosining qurilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, bino atrofi va mahallaning obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 
Shuningdek, “Qo‘shtepa” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari va ichimlik suvi quvurlarining tortilishi hamda yangi maktab binosining qurilishi bilan tanishdi. 
Tumandagi sharoiti og‘ir mahallalar aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish, infratuzilma holatini yaxshilash, qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini tizimli amalga oshirish bo‘yicha zaruriy topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
 
Vazir o‘rinbosari Termiz shahrining “Majnuntol”, “Manguzar” va “Turon” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan saylov uchastkalari holati bilan ham yaqindan tanishdi. 6-sonli maktab binosidagi 285-sonli saylov uchastkasida 2112 nafar, 286-sonli saylov uchastkasida 2452 nafar, 19-sonli maktab binosida joylashgan 297-sonli saylov uchastkasida 2495 nafar, 20-soli maktab binosidagi 296-sonli saylov uchastkasida 2349 nafarni hamda 8-sonli maktab binosidagi 269-sonli saylov uchastkasida saylovchilar 1756 nafarni tashkil etadi.
 
B.Parpiev tashrif tomonidan saylov uchastkalaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, tadbir ob'ektlari atroflarini obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta'mirlash hamda saylov uchastkalari moddiy-texnik bazasi bilan bog‘liq topshiriqlar hamda vazifalar belgilab berildi.
 
Vazir o‘rinbosari suhbat jarayonida eng muhim omil fuqarolarning huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish, bu borada tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish zarurligini ta'kidladi. 
Shuningdek, mutasaddilarga ushbu hududda joylashgan aholining muammolari, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar, fuqarolarning hoxish-istaklariga oid aniq ko‘rsatmalar berildi.
 
Termiz shahri Surxondaryo viloyatining markazi ekanligi, shu bois ushbu hudud boshqa tuman va shaharlardan madaniyati, obodligi, aholi o‘rtasida ish bilan ta'minlanganlik va tadbirkorlik sohasi bilan tubdan ajralib turishi joizligi ta'kidlandi hamda bunga erishi uchun kerakli chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться