O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidentining Surxondaryoga tashrifi natijalariga ko‘ra, viloyatda 75 mingga yaqin doimiy va mavsumiy ish o‘rni yaratiladi

2021-06-08 | Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov jurnalistlar uchun o‘tkazgan  brifingda  davlatimiz rahbarining 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifining yakuniy natijalarini sharhladi

Davlatimiz rahbarining ikki kunlik rasmiy tashrifi davomida birinchi navbatda  joylardagi holat bilan tanishilib, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar belgilandi, dedi matbuot kotibi.

Uning taʼkidlashicha, Sheroboddagi quyosh elektr stansiyasi va Termiz tumanidagi Xalqaro savdo markazi qurilishi boshlangani tashrifning eng eʼtiborli yangiliklari bo‘ldi. Bu ikki majmua kelajakda Surxondaryoda ishlab chiqarish va eksport rivojlanishiga juda katta zamin yaratadi.

«Tashrifning alohida eʼtiborli jihatlaridan yana biri – davlat rahbarining xalq bilan uchrashuvlari, samimiy suhbatlari, degan bo‘lar edim, - deya qayd etdi Sh.Asadov. - Guvohi bo‘lganingizdek, muhtaram Prezidentimiz Sherobod tumanida ham, Termizda ham xonadonlarga kirib, odamlar bilan ochiq gaplashdilar».

Tashrif chog‘ida davlatimiz rahbari jurnalistlar bilan ham bir soatga yaqin muloqot qildilar. Vaqt tig‘iz bo‘lishiga qaramay, viloyatdagi muammolar, ularni hal etish yo‘llari, rejalashtirilgan loyihalar ahamiyatini batafsil izohlab berdilar.

«Surxondaryo viloyati ko‘pgina iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa hududlardan ancha orqada, - deya qo‘shimcha qildi matbuot kotibi. - Shu bois viloyat iqtisodiyotini oyoqqa turg‘azish maqsadida davlatimiz rahbari qator imtiyozlar berish bo‘yicha takliflar bildirdilar. Xususan, bu imtiyozlardan biri Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga tegishli. Umuman, bunday imkoniyatlar natijasida Surxondaryoda turli yo‘nalishlarda 75 mingga yaqin doimiy va mavsumiy ish o‘rni yaratiladi». 

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться