O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dushanbeda O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi

2021-06-07 | Iqtisodiyot

Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri S.Muhriddin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirishning istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar kutilayotgan oliy darajadagi tashrif chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar va hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqishning borishini muhokama qildilar. Shuningdek, ular tadbir kun tartibidagi barcha yo‘nalishlar borasida kelishuvlarga erishish hamda barcha masalalar yuzasidan yakdil fikrga kelish uchun bor bo‘lgan imkoniyatlarni safarbar etishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.
 
Ikki tomonlama munosabatlarda savdo-iqtisodiy sheriklikni mustahkamlash va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari umumiy ustuvorlikka ega ekanligi aytib o‘tildi. Shu munosabat bilan ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning birinchi darajali vazifalari hamda o‘zbek va tojik biznes jamoalari vakillari o‘rtasida bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari muhokama qilindi. O‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarni nazarda tutgan holda oliy darajadagi tashrif kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirishga oid navbatdagi tadbirlar belgilandi.
 
Madaniy-gumanitar sohada faol hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan, madaniyat, san'at, fan arboblari, shuningdek, ikki mamlakat yoshlarining O‘zbekiston va Tojikiston hududlariga o‘zaro safarlarini tashkil etishga kelishib olindi. Ikki davlatning Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xo‘jand, Penjikent va boshqa yirik shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovini qayta tiklash istiqbollari muhokama qilindi. “Ipak yo‘li” sayyohlik brendini ilgari surish va “ziyorat – turizm”ni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha birgalikda ish olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Shuningdek, tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama etilgan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться