O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT Bosh Assambleyasining maxsus sessiyasida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida axborot berildi

2021-06-05 | Jamiyat

Joriy yil 2-4 iyun kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda zamonaviy tahdidlar va ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston nomidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov onlayn shaklda ishtirok etdi va ma’ruza qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Agentlik ma’lum qilishicha, maxsus sessiya ishida BMTga a’zo davlatlar vakillari, xususan, davlat va hukumat rahbarlari, tashqi ishlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul idoralar rahbarlari qatnashgan.

Videomurojaat tarzidagi ma’ruzada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, xususan, davlat xizmatida halollik standartlarini joriy qilish, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xalqaro doiradagi hamkorlik masalalari qamrab olindi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda ISO 37001-2016 xalqaro standartlariga muvofiq barcha davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ushbu tizim barcha davlat organlari faoliyatida halollik, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa korrupsiyaviy xavf-xatarlarini baholash kabi masalalarni samarali tartibga soladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik shu jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etish maqsadida O‘zbekiston tomoni BMT GJB, BMT TD va boshqa xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston o‘zining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda barcha manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi bildirildi.

Bundan tashqari joriy yilning sentabr oyida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha global forum rejalashtirilayotgani ta’kidlanib, unda ishtirok etish va o‘z tajriba va bilimlarini baham ko‘rish istagida bo‘lgan barcha mamlakatlar taklif etildi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston har qanday xalqaro tashabbuslar uchun ochiq va xalqaro huquqiy normalar va ikki tomonlama shartnomalar asosida korrupsiyaga qarshi amaliy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться