Har yili 5-iyunda nishonlanadigan Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kuni BMT ning ekologik harakatni va bizning sayyoramizni himoya qilish zururatini tashviqot qiluvchi yirik tadbiri hisoblanadi.
Birinchi marta ishonlangan 1974-yildan buyon tadbir jamiyatga atrof-muhit holati to‘g‘risida axborot berish uchun global platformaga aylandi.
Insonlarni doimiy o‘sib borayotgan talablari tabiatni o‘z chegaralaridan tashqariga chiqarib yubordi. Dunyo VVP yarimi tabiatga bog‘liq. Okeanlar va o‘rmonlar tufayli milliard insonlar mavjud, ular 86 million insonlarni ish bilan ta'minlaydi. To‘rt milliard insonlar faqat tabiiy dorilarga tayanadi. Shaharlar va binolarni sovitish uchun o‘rmonlar va ko‘kalamzorlardan foydalanish kabi tabiiy yechimlar Parij kelishuvining maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan tashlamalarni uchdan bir qismga kamaytirishni ta'minlashi mumkin.
BMT o‘n yilligi vazifalari – bu iqlim inqiroziga qarshi kurashish, millionlab turlarning yo‘q bo‘lib ketishining oldini olish va oziq-ovqat xavfsizligi, suv ta'minoti va turmush sharoitlarini yaxshilash uchun buzilgan va vayron qilingan ekotizimlarni katta darajada tiklashdir.
2020-yil boshqacha yil bo‘ldi, unda insonlar global pandemiya va davom etayotgan iqlim o‘zgarishi va atrof muhit ifloslanishini o‘z ichiga olgan ko‘pchilik keskin o‘zgarishlar bilan to‘qnash keldi. 2021-yilda inqirozdan bizning sayyoramizni va butun insoniyatni omon qolishi uchun tabiatni shifo topishi va tiklanishiga o‘tish uchun insoniyat maqsadga yo‘naltirilgan qadamlarni qo‘llashi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining Tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi boshqarmasi havo, yer usti suvlari va tuproq ifloslanishi ustidan kuzatuvlar olib boradi. Kuzatuvlar Respublikaning barcha xududlarida joylashgan O‘zgidrometning tarmoq bo‘linmalari tomonidan olib boriladi. Bizning axborot atrof muhit muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun zarur. Tabiiy muhit ifloslanishi to‘g‘risida axborot monitoring.meteo.uz saytida nashr etiladi.
Brifing doirasida Atrof-muhit muhofazasiga va O‘zgidrometning Tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi boshqarmasi faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar taqdim etilgan.
Manba: Gidrometeorologiya xizmati markazi