O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy madaniy markazlar qo‘llab-quvvatlandi

2021-06-04 | Madaniyat

Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ustuvor vazifa etib belgilangan.

Bugungi kunda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jami 150 ta milliy madaniy markaz, 38 ta do‘stlik jamiyati va xorijdagi vatandoshlarning 38 ta jamiyati bilan hamkorlik qilmoqda. Qo‘mita tomonidan Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qo‘mita va Toshkent shahar hokimligi tomonidan Milliy madaniy markazlar faoliyatini amalga oshirishda tashkiliy va metodik yordam ko‘rsatishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi rahbariyati va xodimlari, Respublika milliy madaniy markazlar raislari hamda faollari ishtirok etdi. Qo‘mita raisi Rustambek Qurbonov milliy madaniy markazlarning asosiy vazifasi mamlakat suverenitetini mustahkamlash, davlatning hududiy yaxlitligini ta’minlash maqsadlariga erishishdek oliyjanob g‘oya atrofida millatlarni birlashtirish orqali O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishdan iboratligini qayd etdi. 

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘nggi yillarda mamlakatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘pmillatli oila tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini, ushbu tadbir ham ayni e’tiborning amaldagi ifodasi ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Toshkent shahar hokimligi tomonidan milliy madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 23 ta milliy madaniy markazga noutbuk, printer, milliy cholg‘u asboblari va milliy liboslar topshirildi. Tadbirda so‘z olgan milliy madaniy markazlar rahbarlari e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, o‘z taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Toshkent shahar hokimi poytaxtimizda har bir millat milliy taomlari tayyorlanadigan alohida ko‘chalar tashkil qilish rejalashtirilganligi, ushbu loyiha milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishini qayd etdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться