O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pokiston Elchisi bilan uchrashuv
2021-06-04 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Said Ali Asad G‘iloniyni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Bo‘lajak rasmiy uchrashuvlar jadvali hamda 2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyada Pokiston tomonining ishtirokiga doir masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi