O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha yangi o‘sish nuqtalari

2021-06-04 | Siyosat

Dushanbe shahrida ilk bor “O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha yangi o‘sish nuqtalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil qilindi.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida mazkur konferensiyaning o‘tkazilishi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Spiker mazkur anjumanning natijalari ikki davlat rahbarlarining o‘zbek-tojik munosabatlarini yanada yuqori sifat darajasiga ko‘tarish borasidagi sa’y-harakatlariga hamohang bo‘lishiga umid bildirdi. 

A.Nosirovning fikricha, bu ikkala Prezidentning siyosiy irodasi va strategik qarashlari tufayli yuzaga kelgan ob’ektiv voqelikdir. Ikki davlat rahbarlari xalqlarimizni necha ming yillardan buyon bog‘lab kelgan azaliy tarix, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va yordam tamoyillariga tayanadilar.

2017-yildan buyon ikki davlat o‘rtasida 5 ta yuqori darajadagi tashriflar amalga oshirilgani zaro va teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, ko‘p qirrali formatlar doirasida O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari rahbarlarining 7 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muntazam ravishda telefon orqali suhbatlar uyushtirilmoqda. Faqat 2020-yilning o‘zida 8 bora suhbat o‘tkazildi. 

14 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sherikchilikni yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarning keng spektri bo‘yicha o‘zaro turli darajadagi delegatsiyalar bilan almashinuv faollashdi (parlament delegatsiyalari tashriflari, viloyatlar rahbarlarining aloqalari). BMT, MDH, SHHT va shu kabi xalqaro tashkilotlarda faol hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, mamlakatlarimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari doirasida ham samarali hamkorlik qilmoqda.

Ba’zi yo‘nalishlar bo‘yicha atigi 5-6-yil avval tasavvurga sig‘maydigan muvaffaqiyatlarga erishilgani ta’kidlandi. Bularning barchasiga yuqori darajadagi ishonchli siyosiy muloqotlar tufayli erishildi. 

Konstruktiv siyosatning amalga oshirilishi va davlatlarimiz rahbarlarining jadal o‘zaro harakatlari tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasida chegaralar, viza masalalari, suv va energetika va yana ko‘plab sohalardagi erishib bo‘lmas va nozik masalalar bo‘yicha nisbatan qisqa fursatda ijobiy yechimga kelindi.

Bu biz uchun, agar siyosiy iroda bo‘lsa, yechib bo‘lmaydigan muammoning o‘zi yo‘qligini yana bir bor namoyon etdi. Boshqacha aytganda, muammodan qochish emas, uni hal qilish lozim.

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari tomonidan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha maqbul sharoitlar yaratish sohasida chora-tadbirlar ko‘rilayotganiga e’tibor qaratildi.

Aytilganlarga qo‘shimcha qilib, A.Nosirov o‘zaro savdo sohasidagi o‘sish dinamikasini qayd etdi. Keyingi to‘rt yil mobaynida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi 5 barobardan ziyod ortdi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklov choralariga qaramay, 2020-yilda o‘zaro savdo xajmi 500 million dollardan oshdi yoki o‘sish 4,5 foizdan ortiq bo‘ldi. 

Ijobiy omil sifatida ikki mamlakat o‘rtasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi rivojlanayotgan sanoat kooperatsiyasiga e’tibor qaratildi va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozimligi ta’kidlandi.

Mamlakatlarimiz rahbarlarining kutilayotgan muzokaralari natijalari bo‘yicha sanoat, transport, energetika, suv va qishloq xo‘jaligi hamda iqtisodiyotning boshqa sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish ta’minlanadi.

Bunga, shuningdek, ustav fondi 50 million dollar bo‘lgan yangi tashkil etilayotgan O‘zbek-Tojik investitsiya kompaniyasi ham ko‘mak beradi.

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Turizm sohasidagi katta salohiyat qayd etildi va “Ipak yo‘li” turistik brendini hamkorlikda rivojlantirish, shuningdek, ziyorat turizmi, ekologik, tog‘ turizmi va turizmning boshqa istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi.

Mamlakatlarimiz haqidagi ob’ektiv axborotni ilgari surish va ikki birodar davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada faol rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston va Tojikistonning tahliliy institutlari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Muxtasar aytganda, A.Nosirov O‘zbekiston Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlari bilan uzoq muddatli do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sherikchilik munosabatlarini o‘rnatishga qat’iy bel bog‘laganini ta’kidladi.

Manba: O'zA

Поделиться