O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Har bir nuroniy — besh nafar yoshga murabbiy” tamoyili asosida seminar o‘tkazildi

2021-06-03 | Jamiyat

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Har bir nuroniy — besh nafar yoshga murabbiy” tamoyili asosida tarbiyasi og‘ir, ma'naviy ko‘makka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlarni nuroniylarga biriktirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.

Unda viloyat Nuroniylar kengashi, tuman mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida ushbu tamoyil asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar ijrosi yuzasidan fikr yuritildi. Shuningdek, barcha fuqarolar yig‘inlarida Nuroniylar jamoatchilik kengashining ish rejalarini aniq belgilab olish to‘g‘risida mahalla faollariga tavsiyalar berildi.
 
Seminarda “Bir ziyoli — bir mahallaga ma'naviy homiy” tamoyili asosida mahallaga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar, yozuvchi, shoir, taniqli sanatkor va ziyolilar ishtirokida uchrashuvlar, nuroniylar va yoshlar o‘rtasida “Davrlar muhokamasi”, “Ko‘pni ko‘rgan qariya qissasi”, “Zamonamiz yoshlari” kabi mavzularda davra suhbatlari o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Tadbir so‘nggida nuroniy otaxonlar uchun mahalladagi “Nuroniylar maskani”da dasturxon yozildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться