O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"Uyma-uy" loyihasi sabab fuqaroning murojaati ijobiy yechim topdi
2021-06-03 | Jamiyat
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi vakillari va deputatlari uyma-uy yurib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish ustida ish olib bormoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga partiyadan saylangan deputat Zuhra Palo‘anova ham xalq orasida bo‘lib, ularning dardu tashvishlari bilan qiziqayotgan deputatlardan. Ana shunday "Uyma-uy" loyihasi asosida olib borilgan o‘rganishlarning birida Nukus shahar "Bestobe" shaharcha fuqarolar yig‘ini hududida saylovchilarning biridan murojaat kelib tushdi.
Shu hududda istiqomat qiluvchi Abadan Avezmuratova 2014-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Azamat Maqsetbayevning o‘zi mustaqil harakatlana olmasligi bois nogironlar aravachasiga muhtojligini aytib, yordam so‘ragan edi. Ushbu murojaat asosida deputat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga deputatlik so‘rovi bilan chiqdi. Muammo ijobiy yechim topdi. “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan aravacha murojaat egasiga yetkazib berildi.
Manba: O'zA