O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazirining birinchi o‘rinbosari Marufova Gulnora Mahmudovna Boysun tumanining ,“Sayrob” mahallasida
2021-06-03 | Jamiyat
Kuni kecha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Marufova Gulnora Mahmudovna Boysun tumanining ,“Sayrob” mahallasida bo‘lib, “mahallabay” ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.
Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla xodimlarining o‘rni, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”dagi fuqarolarning muammolarini hal etish hisobiga ularni ushbu ro‘yxatdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy o‘rganilib, vazir o‘rinbosari tomonidan jiddiy e'tirozlar, topshiriq va tavsiyalar bildirildi. G.Marufova tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulning muhim ahamiyati shunda ediki, murojaatchilarning ko‘pchiligi muammolari respublika darajasida hal etilishi kerak bo‘lgan turli tumanlardan kelgan fuqarolar bo‘ldi.
Jumladan, fuqaro Bo‘rieva Muqaddam, Oltinsoy tumani, “Pahlavon” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Qoraboev Bahodir, Termiz tumani, “Qoraxon” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Usanova Oynaxol, Angor tumani, “Yangiobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ashurova Mavluda, Angor tumani “Ulug‘bek” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Qurbonova Anorxol, Termiz shahar, “Namuna” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Normo‘minova Fotimalarning qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganib, hal qilish choralari ko‘rildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi