O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili bilan telefon muloqoti to‘g‘risida

2021-06-03 | Siyosat

2021-yil 2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda “YI – Markaziy Osiyo” va “O‘zbekiston – YI” shaklida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar muhokama qilindi.

2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida fikr almashildi. J.Borrel Yevroittifoqning o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash siyosati va O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy siyosati nuqtayi nazaridan mazkur forumning dolzarbligini qayd etdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться