O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

2021-06-03 | Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaga tashrifi davomida Koreya Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Kvon Dok Chol bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasidan maʼlum qilishlaricha, tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikning bugungi holati yuzasidan fikr almashib, bu boradagi aloqalarni yana-da mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston delegatsiyasi saratonni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarni qurish bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasi va texnologiyalarini o‘rganish maqsadida ushbu mamlakatga keldi. Toshkentda kasallik darajasi yuqori bo‘lgan saraton xastaliklarini davolash va faoliyat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan shifoxonalarni qurish rejalashtirilmoqda. 

Muzokaralar chog‘ida ixtisoslashgan saraton shifoxonalarini boshqarish va qurish yuzasidan fikr almashildi.

Koreya Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri 2021-yilda ikki mamlakat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik bo‘yicha  memorandum imzolanganining 10 yilligi nishonlanishini maʼlum qildi.

Janubiy Koreya vakillari maxsus strategik sheriklik doirasida amalga oshirilayotgan sog‘liqni saqlash, tibbiy xizmat, farmatsevtika va elektron sog‘liqni saqlash kabi turli sohalarda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yuqori baholadi. 

O‘zbekiston tomonining saraton shifoxonalarini tashkil etishda Janubiy Koreya ekspertlari va yetakchi kompaniyalarining ishtirokini taʼminlash haqidagi taklifiga javob berar ekan, Koreya Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri mamlakat hukumati “nou-xau”lardan foydalanish  orqali O‘zbekiston xalqining salomatligini yaxshilashga hissa qo‘shish imkoniga ega bo‘lishdan xursand ekanini aytdi. Vazir, shuningdek, sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruhining yig‘ilishlari kun tartibini aniqlab olish orqali ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi. Uning fikricha, Covid-19  pandemiyasi davrida mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va hamkorlikni yana-da kengaytirish zarur.

O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi davom etmoqda.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться