O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Toshkent viloyatida “shaxmat oyligi” g‘oliblari aniqlandi
2021-06-02 | Sport
Turizm va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan shu yil 10-yanvardan boshlab respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab start berilgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi ommaviy sport festivali taqvimi asosida Toshkent viloyatida “shaxmat oyligi” musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda viloyatning 22ta tuman va shaharlaridagi 1044ta mahalladan jami 9000 nafar havaskor sportchilar ishtirok etishdi.
Kuni kecha Chirchiq shahrida “shaxmat oyligi” doirasida o‘tkazilgan musobaqalarning viloyat final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli kechgan bahslarda quyidagi ishtirokchilar g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida
1-o‘rin: Alimov Abdulloh (Olmaliq shahri),
2-o‘rin: Xoliqov Ilhom (Parkent tumani),
3-o‘rin: Azizov Behro‘z (Bekobod tumani).
Qizlar o‘rtasida
1-o‘rin: Sharofiddinova Ruxsora (Bekobod tumani),
2-o‘rin: Po‘latova Sadoqat (Ohangaron tumani),
3-o‘rin: Atamurodova Shahlo (Chirchiq shahri).
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan qimmatbaho estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi