O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda

2021-06-02 | Siyosat

Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirining axboroti eshitildi.

Qayd etilishicha, 2019-2021-yillar mobaynida vazirlikka xotin-qizlarning innovatsion ishlanmalari va startap loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarning 13 tasini moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan 12 milliard 141 million 786 so‘m ajratilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2020-yilda e’lon qilingan “Olima ayollar grantlari” amaliy va innovatsion loyihalar tanloviga xotin-qizlar tomonidan umumiy qiymati 1,7 trillion so‘m bo‘lgan 111 ilmiy loyiha taqdim etilgan. Dastlabki texnik ekspertiza natijalariga ko‘ra, 40 loyihaga ijobiy xulosa berilgan hamda umumiy qiymati 10 milliard 450 million so‘mlik 9 loyiha moliyalashtirilgan.

Bundan tashqari, majlisda Senatning “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilinib, mazkur strategiyani 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi va maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangani ham ta’kidlandi.

Mazkur strategiyada belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga ko‘ra, mamlakatimizda 2030-yilda Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega ayollarni 1 ming 400, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega xotin-qizlarni 3 ming 700 nafarga yetkazish vazifasi belgilangan.

Buning uchun xotin-qizlar tadbirkorligi, ilmiy va ixtirochilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda gender statistikasini yuritish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

Qolaversa, xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish zarur.

Manba: O'zA

Поделиться