O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"E-qaror" elektron tizimi – shaffoflikka eltuvchi yo‘l

2021-06-01 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi «Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi.

«E-qaror» elektron tizimida ishlashning mohiyati va tartibini tushuntirish maqsadida Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyati hokimligida tegishli mas’ullar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

– Maqsad, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini qabul qilish faoliyatini ochiq va oshkoraligini ta’minlashdan iborat, –deydi viloyat Adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Nishonov. – Shuningdek, sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida va samarali hal qilishdir. 

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimi – «E-qaror» 2021-yilning yanvar-may oylarida Qashqadaryo viloyatida aprobatsiya qilindi va huquqiy ekspriment o‘tkazildi. Joriy yilning 1-iyulidan boshlab huquqiy eksperiment natijalari asosida «E-qaror» elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etilishi belgilangan.

Trening davomida mutasaddilarga qarorlarni «E-qaror» elektron tizimi orqali qabul qilishni tashkil etishga ko‘maklashish choralari ko‘rildi. «E-qaror» elektron tizimini ishga tushirish orqali har bir qabul qilinayotgan qarorning qonuniyligini qat’iy nazoratga olish imkoni yaratildi. Ushbu jarayonda shaffoflik va oshkoralik prinsiplari to‘liq ta’minlanadi. Har bir qaror bevosita jamoatchilik nazoratida bo‘ladi. Qarorlarni kelishish, ularni ro‘yxatga olish, raqamlash barchasi elektron amalga oshirilib, qog‘oz sarfi kamayadi.

Ayni paytda bu kabi seminar-treninglar viloyatdagi tuman va shahar hokimliklarida davom ettirilmoqda.

Zarif Komilov

Manba: O'zA

Поделиться