O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Minskda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida AKT sohasidagi sheriklik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

2021-06-01 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat  Sodiqov kecha  Minsk shahrida “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumida ishtirok etish uchun tashrifi doirasida  Belarus aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan bilan uchrashdi

Uchrashuvda Sh.Sodiqov O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida AKT sohasidagi sheriklik munosabatlari uzoq tarixga ega ekanini taʼkidlab, hozirgi kunda raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar asosida amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Masalan, telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik doirasida “O‘zbektelekom” AK va “Beltelecom” Respublika unitar korxonasi xalqaro telefon va telegraf aloqalarining o‘zaro xizmatlarini taqdim etmoqda. Shu bilan birga, avia va yer usti aloqa orqali pochta almashinuvi va  pochta pul o‘tkazmalari ham yo‘lga qo‘yilgan.

IT tadbirkorlik va startap harakatini rivojlantirishda hamkorlik olib borish va tajriba almashish ustuvor yo‘nalishlardan biridir. 2017-yildan boshlab, Yuqori texnologiyalar parki bilan hamkorlik olib borish va tajriba almashish yo‘lga qo‘yildi. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini yaratishda va rivojlantirishda Belarus davlati tajribasi o‘rganildi va foydalanildi.

 IT sohasini yana-da takomillashtirish, raqobatbardosh va istiqbolli dasturiy mahsulotlarni yaratish, chet el davlatlari uchun AT xizmatlari autsorsingini kengaytirish va AT sifatini yaxshilash maqsadida 2019-yil 10-yanvar kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) tashkil etildi.

Elektron hukumat sohasidagi hamkorlik istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanib, joriy yilda O‘zbekiston elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Belarus elektron xizmatlar milliy markazi mutaxassislari tomonidan bir qator onlayn-muloqotlar o‘tkazildi.

Suhbat davomida elektron hukumat sohasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться