O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qizlarimiz Osiyo chempionatini 8ta medal bilan yakunlashdi
2021-05-31 | Sport
Xabaringiz bor, shu kunlarda BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bugun o‘z yakuniga yetadi.
Kecha oqshom musobaqa doirasida ayollar o‘rtasidagi final janglari tashkil etildi. Final bahslariga 6 nafar bokschimiz yetib kelishgan edi. Hal qiluvchi bahslarda hamyurtlarimizdan -57 kg vazn toifasida Sitora Turdibekova oltin medalga sazovor bo‘ldi. U final bahsida qozog‘istonlik Vladislava Kuxtaga qarshi ringga ko‘tarilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Afsuski, qolgan 5 nafar vakilamiz oltin medal uchun kechgan janglarda imkoniyatni boy berib, yurtimizga kumush medal bilan qaytadigan bo‘lishdi. Biroq, xafa bo‘lishga aslo hojat yo‘q, chunki O‘zbekiston boksi tarixida qizlarimiz ilk marotaba mana shunday yuksak natija qayd etishdi. Umumiy hisobda O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Osiyo chempionatida 8ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Osiyo chempionatida medal qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik qizlar:
Oltin:
-57 kg: Sitora Turdibekova,
Kumush:
-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva,
-54 kg: Sitora Shogdarova,
-69 kg: Navbahor Hamidova,
-75 kg: Mavluda Mavlonova,
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova,
Bronza:
-64 kg: Mohinabonu Abdullayeva
+81 kg: Mohira Abdullayeva
Bugun esa Osiyo chempionati doirasida erkaklar o‘rtasida final bahslari o‘tkaziladi. Unda 7 nafar hamyurtimiz qitʼa chempionatining oltin medallari uchun kurash olib borishadi. Bo‘lajak janglarda vakillarimizga omad tilaymiz.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi