O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri o‘rinbosari andijonlik yoshlar bilan uchrashdi

2021-05-31 | Yoshlar

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikromov andijonlik yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif, fikr-mulohaza va muammolarini eshitdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 27-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasida dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan edi. Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, qolaversa, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yosh tadbirkorlar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yosh xodimlari, uyushmagan yoshlar vakillari ishtirok etdi.  

Andijon viloyati aholisining qariyb 58 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Butun mamlakatda bo‘lgani kabi viloyatda ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.  

Jumladan, uchrashuvda Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikromov mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi imtiyozlar haqida gapirdi, yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi.  

Uchrashuvda yosh tadbirkorlar tomonidan ularning tadbirkorlik faoliyatlari, talabalarning sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati, ta’lim, yoshlarga oid davlat siyosati va boshqa sohalarga doir 50 ga yaqin taklif, fikr va mulohazalar bildirildi, murojaatlar tinglandi.  

 
Tadbirkorlik, ta’lim, yoshlarga oid davlat siyosati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, bandlik va boshqa bir qator sohalar bo‘yicha yoshlarning savol va murojaatlariga vazir o‘rinbosari tegishli javoblar qaytardi, adliya vazirligi darajasidagi masalalar tegishli tartibda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.  
 
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning tadbirkorlik, bandlik va boshqa bir qator masalalarga oid o‘ndan ortiq muammolari o‘z yechimini topdi.  

 

F, UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat)

Manba: O'zA

Поделиться