O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ko‘mir briketidan kam bo‘lmagan yonuvchi briketlar tayyorlanadi

2021-05-31 | Iqtisodiyot

Muhammad Xorazmiyning «Bilginki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi», deya ta’kidlagan. Buyuk alloma bu fikrlari orqali suvlarni ortiqcha sarflash hozirgi kundagi Orol fojiasi kabi noxush hodisalarni keltirib chiqarishini nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas.

Ayni vaqtda biz duch kelayotgan ekologik muammolarning sababi tabiatga bo‘lgan e’tiborsizligimiz tufayli. Albatta, bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida tabiatni muhofaza qilishga doir ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilingan. Shu asosda atrof-muhit muhofazasini boshqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash tizimini takomillashtirish borasida aniq maqsadli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashida Koreya atrof-muhit o‘zgarishi instituti vitse-prezidenti Gar Cheol Kim bilan bo‘lgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yurtimizda jahon standartlariga muvofiq atrof-muhitni muhofaza qilish, shu asosda energetika sohasida ustunlik qiluvchi energiya resurslarining innovatsion manbalarini yaratish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. 

– Yurtingiz mulkdorlari bilan hamkorlik qilish niyatimiz bor. Bu borada bizning o‘ziga xos taklifimiz mavjud, – deydi Koreya atrof-muhit o‘zgarishi instituti vitse-prezidenti Gar Cheol Kim. – Shuning uchun Koreyaning KICC moliyaviy ko‘mak beruvchi donor tashkiloti loyihasini joriy etishni taklif qilmoqdamiz. Maqsad esa g‘o‘zapoya, kungaboqar poyasi, makkapoya kabi yonuvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chiqindilaridan ko‘mir briketidan kam bo‘lmagan yonuvchi briketlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

Bu mahsulotni tabiatga zarar yetkazmasdan ko‘p miqdorda tayyorlash va hatto ko‘mir o‘rnida eksport qilish mumkin. Uchrashuv yakunida ushbu loyihani hududlarga tatbiq etish uchun tegishli hududlarni tanlash, joyiga borib o‘rganish borasida kelishib olindi.

 

Manba: O'zA

Поделиться