O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bosh direktori: O‘zbekiston "yashil" iqtisodiyotga o‘tish orqali mamlakat taraqqiyotiga erishishni tanlaganini alohida ta’kidlash joiz

2021-05-31 | Iqtisodiyot

P4G sammiti ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning videomurojaatini katta e’tibor bilan kutib oldi, - deydi Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bosh direktori Frank Reysberman

- Davlat rahbari o‘z nutqida Global yashil o‘sish instituti tashkil etilganining 10 yillik sanasini alohida ta’kidlagani va shu munosabat bilan qutlagani biz uchun katta sharafdir, - dedi u. - O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Global yashil o‘sish institutiga a’zo bo‘ldi. Institutimiz hukumatlararo muassasa hisoblanadi va davlatlarga yashil iqtisodiyotga o‘tishda yordam ko‘rsatadi, ularning bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab quvvatlaydi.

O‘zbekiston "yashil" iqtisodiyotga o‘tish orqali mamlakat taraqqiyotiga erishishni tanlaganini alohida ta’kidlash joiz. Biz O‘zbekiston rahbariyati tomonidan Orol dengizi havzasining ekologik muammolarini hal qilish bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

O‘zbekiston rahbariyatining ko‘magi tufayli Global yashil o‘sish institutiga a’zo bo‘lish, uning huquqiy maqomi va imtiyozlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolash masalalari juda tez hal qilindi. Yaqinda Toshkentda institutimiz ofisi ochiladi. Shuningdek, KOIKA tomonidan moliyalashtiriladigan Orolbo‘yidagi birinchi qo‘shma loyihani amalga oshirish uchun shartnoma imzolanishini kutmoqdamiz. Biz mamlakatingizning yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida har tomonlama yordam berishga tayyormiz.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться